PH Lumea IPL fotoepilyatori zamonaviy fotoepilyatsiya texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ortiqcha tuklarni ildizidan zaiflashtirish orqali ularning o‘sishini sekinlashtiradi. Qurilmada teri rangi sensori mavjud bo‘lib, u har bir teri turiga mos energiya darajasini avtomatik tanlaydi va kuyish xavfini kamaytiradi.
Fotoepilyator bikini sohasi, yuz (lab usti, iyak), qo‘l, oyoq va tana uchun mos. Ergonomik dizayni va qulay bosh qismi tufayli uy sharoitida professional darajadagi natija beradi. Doimiy foydalanishda teri silliq, muloyim va tuklarsiz bo‘lib qoladi.

