Aftidan, Kridlar oilasi "Amerika orzusi"ning haqiqiy timsolidek ko‘rinadi: otasi - muvaffaqiyatli shifokor, go‘zal ona, yoqimtoy bolalar. To‘liq baxt-saodatga erishish uchun ularga faqat katta qadimiy uy etishmaydi, ular tez orada ana shu uyga ko‘chib o‘tishadi.
Ammo to‘satdan osoyishtalik dahshatli tushga aylanib qoldi. Chunki ularni o‘rab turgan yangi maskan - ko‘hna o‘rmonlarda o‘limdan ham dahshatliroq va... qudratliroq narsa yashiringan ekan.

