OLLIN COLOR - Platinum Collection palitrasi
OLLIN PLATINUM COLLECTION — sovuq, jilvali ohanglarning boy gammasini yaratish uchun mo‘ljallangan bo‘yoq. U mukammal tekis va chidamli rangni marvaridsimon jiloga ega qilib yaratishga yordam beradi. Eng yuqori sifatli faol pigmentlar asosidagi formula bir xil, barqaror rang olishni va 100% oq sochlarni qoplashni kafolatlaydi.
Bo‘yoq OLLIN OXY oksidlovchi emulsiyalari bilan ishlatiladi. Nisbatlar va ta’sir qilish vaqti usta tomonidan sochning dastlabki holati va kerakli natijaga qarab tanlanadi.
❗Komplektatsiya: bo‘yoq tubasi, yo‘riqnoma
❗Muhim: Bo‘yoq faqat oksidlovchi emulsiyaga (oksigentga) qo‘shib ishlatiladi
❗Bo‘yoq OLLIN Oxy oksidlovchi emulsiyasi bilan qo‘llaniladi. Oksidlovchi emulsiyani (oksigentni) alohida sotib olish kerak va u natijaga qarab tanlanadi. Qo‘lqop komplektga kirmaydi
❗E’tibor bering: ushbu bo‘yoq professional vosita bo‘lib, murakkab ohanglar va kutilgan natijaga erishish uchun koloritika bo‘yicha bilimga ega bo‘lish muhimdir
✅ Eng yaxshi natija uchun tavsiyalar
1- Sochning dastlabki darajasini baholang
Hozirda sochingiz qanchalik och yoki to‘q rangda ekanini tekshiring. Agar sochlar to‘q bo‘lsa va siz sovuq, och rangni istasangiz — katta ehtimol bilan oldindan rangni ochish kerak bo‘ladi.
Eslab qoling: sovuq kulrang / kumush ohanglar kerakli darajaga ochilgan sochlarda osonroq chiqadi.
2- Pr’yada testi va allergiya testini bajaring
Bu tanlangan rang qanday chiqishini oldindan bilishga va teri reaksiyasini oldini olishga yordam beradi.
3- To‘g‘ri oksidni tanlang va nisbatlarga rioya qiling
Yo‘riqnoma bilan tanishing: siz istagan ohang uchun qaysi % oksid kerak va u bo‘yoq bilan qanday nisbatda aralashtiriladi. Faqat ko‘rsatilgan foizni ishlating. "Ko‘z bilan" aralashtirish ko‘pincha kutilmagan natija beradi.
4- Ta’sir qilish vaqtiga amal qiling
Ayniqsa ildizlarda va oq sochlarda muhim — uzunlikka qaraganda biroz ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin.
Ortiqcha ushlab turmang, shikastlanish yoki qurib qolish xavfi bor.
5- Bo‘yoqni teng taqsimlab surting
Sochni zonalarga bo‘ling, tarkib ildizdan uchigacha teng taqsimlanganiga ishonch hosil qiling.
6- Kutilgan natija va foto-referenslar
Faqat qadoqdagi yoki katalogdagi rasmga ishonmang: rang sochning dastlabki rangi, holati, tuzilishi va bo‘yash texnologiyasiga rioya qilinishiga bog‘liq.
Agar juda sovuq yoki metallik effekt xohlasangiz — bir necha marta tuzatish yoki bo‘yashdan keyin tonlash talab qilinishi mumkin.
7- Bosh terisini himoya qilishni e’tiborsiz qoldirmang
Qo‘lqop kiying, soch o‘sish chizig‘i bo‘ylab krem surting, xonani shamollating.
8- Natijani to‘g‘ri parvarish bilan mustahkamlang
Bo‘yalgan sochlar uchun mo‘ljallangan shampun va konditsionerlar ohangni uzoqroq saqlashga yordam beradi.
9- Rangni yuvilib ketishdan va qizib ketishdan asrang
Issiq fen yoki utjka ishlatishni kamaytiring, issiqlikdan himoya vositalaridan foydalaning. Sarg‘ayish kuzatilsa — binafsha shampun yoki ton beruvchi vositalardan foydalaning.

