Lumnos toji hech qachon xato qilmaydi.
U Diemni tanlaganida, hamma avvalgi dunyo halokatga mahkum ekanini tushunadi. Odamlar uchun Diem - dushman tomoniga o‘tgan xoin ayol. Avlodlar uchun - toj kiydirishdan oldin bartaraf etilishi lozim bo‘lgan xavf-xatar.
Endi uni taxtga o‘tirishi kerak bo‘lgan shahzoda Lyuter bilan duel kutmoqda. Qo‘l tekkizganda kuydiradigan, nigohi esa aqlni shoshirib qo‘yadigan shaxs. Hayot-mamot uchun kechadigan duel. Diem omon qolish uchun o‘ttiz kun ichida tojga qarshi fitnani fosh etishi, kelib chiqishi haqidagi haqiqatni bilishi va Taqdirlash marosimidan o‘tishi kerak. Ammo eng qiyin vazifa - tomon tanlash: o‘liklarning qasos quroli bo‘lish... yoki tarix rivojini o‘zgartiradigan hukmdor bo‘lish.
Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qiladigan tanlov.
QADIMGI SIRLAR OCHILSA, HAMMA NARSA YO‘QOLADI.

