• Sifatli ingredientlar va tabiiy tarkib
• Universal tamaddi va choyga shirin qo‘shimcha
• 3 xil ta’m - o‘zingiz uchun ma'qulini tanlang
• Mini qadoqlar maktabga yoki ishga olib ketish uchun qulay
Oila Tanlovi pechenyesi - qandolat mahsulotlari ishqibozlari uchun ajoyib tanlovdir. Bu pechenye tabiiy tarkibga, yoqimli ta’mga va qarsildoq tuzilishga ega bo‘lib, bolalar uchun ham, kattalar uchun ham uchun ideal mos keladi. U har qanday vaziyatga mos keladigan universal tanovul bo‘lib, choy yoki qahvangizni go‘zal tarzda to‘ldiradi va ularga mukammal qo‘shimcha bo‘ladi.
Qandolat mahsuloti qo‘shimcha ravishda qulay kichik o‘ramlarga - 4 ta alohida individual qadoqlarga joylangan bo'lib, bu uni ta'mini saqlash va maktab yoki ishga olib ketish imkoniyatini yaratish maqsadida hamda kundalik yengil tamaddi uchun ajoyib variantga aylantiradi.
Shakarli pechenye an’anaviy ta’mni yoqtiruvchilar uchun mos keladi. Nozik ta’mli bu shirinlik an’anaviy shirinliklarni sevuvchilarga manzur bo‘ladi. Bu pechenye kundalik tamaddi uchun ajoyib tanlov bo‘lib, uning yoqimli ta’mi va xushbo‘y ifori yaqinlaringiz bilan o‘tkazgan iliq damlarni eslatadi.
"Toplyonoe moloko" pechenyesi - bolalikdan sevib iste’mol qilinadigan ta’m. Qishloq sutining mayin ifori, zarg'aldoq rangi, oson bo'linuvchan tuzilishi va og‘izda eriydigan yoqimli ta’mga ega bo‘lgan pechenye bu turdagi mazali qandolat mahsulotlarini sevuvchilar orasida deyarli almashtirib bo‘lmaydigan pechenyega aylantiradi.
Sedanali pechenye - bu shirinlik va mazali sedana ta'mining uyg‘unligidir. Uning ta’mi siri qoshilgan sedanada bo‘lib, pechenyega unutilmas maza va qarsildoq tuzilish beradi. Tabiiy masalliqlardan tayyorlangan bu pechenye nozik ta’mga ega bo‘lib, birinchi tishlashdanoq sizni mamnun etadi.
Uyingizda iliqlik va quvonch muhitini yaratadigan barcha turdagi ajoyib pechenyelarni tatib ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Pechenyelar karton qutilarga ishonchli qadoqlangan bo‘lib, bu ularning yangiligi va xushbo‘yligini saqlab qolishni ta’minlaydi. Bunday yondashuv barcha shirinliklar sizga a’lo holatda yetib borishini va ta’m xususiyatlarini saqlab qolishini kafolatlaydi.
Oila Tanlovi - mehr va g‘amxo‘rlik bilan qilingan tanlov.

