Zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan zamonaviy zavarnoy choynak — har kuni choy, kofe va boshqa ichimliklarni qulay va xavfsiz tayyorlash uchun ideal tanlov. Mustahkam korpusi uzoq xizmat qiladi, silliq yuzasi esa oson tozalanadi.
Choynak issiqqa chidamli plastik dastaga ega bo‘lib, qo‘lni kuydirmaydi. Hushtakli buruncha suv qaynaganida signal beradi, bu esa qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Burunchadagi qopqoq suvni to‘kayotganda sachrashdan himoya qiladi.
1 l, 1.5 l va 2 l hajmdagi modellar ichki filtr (sito) bilan jihozlangan bo‘lib, choy barglarini ushlab qoladi va ichimlikni tiniq saqlaydi. 3 l, 4 l va 5 l hajmdagi variantlar esa katta oila va ko‘p miqdorda choy damlash uchun juda qulay.
Choynak gaz, elektr va induksion plitalar uchun mos keladi.

