Tabiiy va havo o'tkazadigan matodan tikilgan, yengil hamda ayollarga xos koʻylak.
Yagona oʻlcham (Oversize) — S dan XL gacha boʻlgan oʻlchamdagi qizlar va ayollarga ajoyib mos keladi.
Bu koʻylak yengillik, havo o'tkazuvchan va etak qismining mayin toʻlqinlanib turishini xohlaydigan barcha uchun mos keladi. Har bir koʻylagimizga 3 metrdan mato sarflangan.
Tasavvur qiling, uning etak qismi qanchalik goʻzal va nafis koʻrinadi? Unda aylanish va oʻzingizni haqiqiy ayoldek his qilish — alohida bir zavqdir✨
Koʻylaklar homilador va emizikli onalar uchun ham juda qulay. Koʻkrak qismida maxsus funksiya mavjud boʻlib, uning yordamida bolani istalgan joyda osongina va qulay emizish mumkin.
Koʻylakning uzunligi 140 sm, yenglari uzun. Bel qismini xushbichim ko'rsatish uchun toʻplamda yechiladigan belbog'i ham mavjud.
Bu libos ham mayin, ham yorqin va unutilmas uslub yaratish uchun moʻljallangan.
Koʻylak tugʻuruqxonadan chiqish (vipiska) kuniga, homilador ayollar va yaqinda ona boʻlganlar uchun ajoyib sovgʻa boʻla oladi. Unda turli tadbirlar, tantanalarga borish yoki shunchaki sayrga chiqish mumkin. U har tomonlama universaldir.
Brendimiz tarkibida emizikli onalar boʻlgan jamoa tomonidan yaratilgan, shuning uchun har bir detal mayda-chuydasigacha oʻylangan. Kichkina bola bilan sayohatga chiqqanda ham ushbu koʻylak sizga hamroh boʻla oladi — unda farzandingizni istalgan qulay joyda osongina emizishingiz mumkin

