• Elastik tasmali soch turmagi
• Mahkamlash usuli: Maxsus ilmoq va lentali qoplama
• Tuzilishi: Yumshoq va ipakdek silliq
• Soch uzunligi: 55 sm, 65 sm
• Kundalik foydalanish, ofis, to‘y, ziyofat, fotosessiya va boshqa tadbirlar uchun mos keladi
To‘rli rezinkali ulama sochni (shinon) taqdim etamiz — bir necha daqiqada uslubli soch turmagini yaratish uchun ajoyib yechim! Uzunligi 55 va 65 sm bo‘lgan ulama sochlar qulay rezinka orqali oson mahkamlanadi va obrazingizni tez o‘zgartirish imkonini beradi. U sochga hajm va uzunlik qo‘shib, kundalik foydalanish yoki maxsus tadbirlar uchun juda mos keladi.
Rezinkali soch tabiiy va uyg‘un ko‘rinadi. Rezinkali ulama soch (shinon) turli soch turmagini yaratish imkonini beradi: nafis yig‘ilgan turmagidan tortib romantik erkin uslubgacha. Rezinkali ulama soch (shinon) — bu nafaqat qulay, balki zamonaviy ham. Ushbu aksessuar yordamida keskin o‘zgarishlarsiz ham ko‘plab uslubli obrazlar yaratish mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA:
Sochingizdan o‘zingizga qulay joyda mahkam dum yoki puchok qiling.
Nakladnoy dumli rezinkani bir necha marta o‘rab, uni boshda mahkam turishini ta’minlang.
Shinondan kichik soch tolasini ajratib, uni asos qismini yashirish uchun atrofiga bir necha marta o‘rang.
Tolani shpilka yoki nevidimka bilan mahkamlang — va sizing chiroyli soch turmagingiz tayyor.
Zarur bo‘lsa, soch uchun fiksator vositalardan foydalaning.
PARVARISH BO‘YICHA TAVSIYALAR:
Sochni ifloslanishiga qarab yuvish tavsiya etiladi, lekin oyiga 1 martadan ko‘p emas:
Yuvishdan oldin quruq sochni yaxshilab tarang
Idishga iliq suv (taxminan 30°C) quyib, oddiy shampun qo‘shing
Shinonni shampunli suvga solib, 10 daqiqa qoldiring
Keyin konditsionerda ehtiyotkorlik bilan chaying (bu sochni oson tarash va kam elektrlanishga yordam beradi)
Quritish uchun dumni qalin sochiq ustiga qo‘ying yoki asosidan ilib qo‘ying
Muhim:
Ho‘l sochni taramang va to‘g‘rilamang. Sochni fensiz va issiq manbalardan uzoqda tabiiy quritish kerak.
SOCH CHALKASHIB KETISHINI OLDINI OLISH:
Parik va shinon uchun maxsus vosita ishlating yoki mustaqil tayyorlang (1:1 suv + badan uchun loson)
Vositani sochga seping va qurishini kuting
Katta tishli taraq yoki greben ishlating
Tarashni soch uchidan boshlab, asta-sekin yuqoriga qarab davom eting

