• Bazaviy notalar: Mushk, Amber, vetiver, Pachuli va vanil
• Jins: Uniseks
• O'rta notalar: Pushti qalampir, Iris va Yasemin
Accento — Sospiro brendining eng mashhur va e’tibor tortadigan atirlaridan biri. U ilk purkashdayoq yorqin ananas notasi bilan ajralib turadi. Bu mevali ohang sitrus bilan birlashib, shirin va jonli start beradi.
Yurak bosqichida yasemin va iris ochiladi. Iris atirga kukunsimon, nafis va biroz kremsimon xarakter qo‘shadi. Yasemin esa yumshoqlik va gulli joziba beradi. Shu sababli kompozitsiya mevali bo‘lsa-da, haddan tashqari shirin emas, balki muvozanatli va elegant eshitiladi.
Bazada mushk, ambra va yog‘ochsimon notalar paydo bo‘ladi. Bu asos atirga chuqurlik, uzoq chidamlilik va sezilarli shleyf beradi. Accento kuchli va hashamatli aura yaratadi, ayniqsa salqin ob-havoda va kechki tadbirlarda juda chiroyli ochiladi.
Shlefi balandroq, chidamliligi yuqori. Premium va e’tiborli aromatlarni yoqtiradiganlar uchun juda mos tanlov.

