Kirkè Tiziana Terenzi — shirin, yorqin va nihoyatda jozibali unisex aroma. U ilk lahzalardanoq tropik mevalarning shirali portlashi bilan ochiladi: marakuya, shaftoli, nok, malina va qora smorodina aromaga quvnoq, mazali va esda qoladigan kayfiyat beradi.
Kompozitsiyaning yuragida landish gulining nozik ohangi mevali shirinlikni yanada nafis qiladi. Yakunda esa vanil, mushk, sandal, patchouli va geliotrop notalari aromaga iliqlik, yumshoqlik va uzoq saqlanadigan jozibali shleyf bag‘ishlaydi.
Kirkè — e’tiborni tortadigan, shirin va hashamatli iforni yoqtiradiganlar uchun ajoyib tanlov. Kechki uchrashuvlar, bayramlar, maxsus tadbirlar va o‘ziga xos obraz uchun juda mos.
Aroma guruhi: mevali, shirin, shipp
Kim uchun: unisex
Yuqori notalar: marakuya, shaftoli, nok, malina, qora smorodina
Yurak notasi: landish
Asosiy notalar: vanil, mushk, sandal, patchouli, geliotrop


