Jean Paul Gaultier Le Male Le Parfum erkaklar atiri 3, 5, 10, 30, 50 ml — vanilli ziravorli aromat
Jean Paul Gaultier Le Male Le Parfum — iliq, jozibali va nafis xarakterga ega erkaklar atiri. Aromat kardamonning ziravorli ohangi bilan ochilib, yurak qismida lavanda va irisning yumshoq, biroz pudrali tuslari bilan davom etadi. Bazadagi vanil va yog‘ochsimon akkordlar kompozitsiyaga iliqlik va chuqurlik beradi.
Aromat ayniqsa salqin ob-havo, kechki uchrashuvlar va maxsus tadbirlar uchun juda mos. Shirin-vanilli, ziravorli va nafis xarakteri tufayli esda qolarli taassurot qoldiradi.
Asosiy xususiyatlari:
Jins: Erkaklar uchun
Hajm: 3 ml / 5 ml / 10 ml / 30 ml / 50 ml
Aroma yo‘nalishi: Vanilli, ziravorli, aromatik
Mavsum: Kuz, qish, salqin bahor
Qo‘llanish turi: Kundalik va maxsus vaziyatlar uchun
Qadoqlash: 50 ml — korobkada

