Atirning ilk notalarida bergamot va qizil rezavorlar shirin va ozgina achchiq ohangda ochiladi, yurak notalarida esa jasmin va sandal daraxtining iliq va muloyim uyg‘unligi yurakni rom qiladi. Asosiy, so‘nggi notalarda esa sizni amber – qadimiy, iliq va sirli hid o‘rab oladi, u uzoq saqlanadi va o‘ziga rom etadi.Amber Eliksir – bu ayolning ichki kuchi, sirli go‘zalligi va betakror fe’l-atvorining ifodasidir. U har kuni emas, aynan o‘ziga xos kunlar uchun: sehrli uchrashuvlar, unutilmas kechalar va yurakni titratadigan lahzalar uchun yaratilgan.

