AQUA veil HYALURON COMPLEX glass skin yorqinlik beruvchi makiyaj asosi (praymer) vitamin E bilan — mayda maydalangan yorug‘lik qaytaruvchi marvarid zarralarining noyob kombinatsiyasi teriga yaqqol nam namoyon bo‘luvchi foni (vlajniy finish) bilan birga hajmli va tarqoq yorqinlik baxsh etadi. Natijada — urfdagi jozibali "shishasimon teri" (glass skin) effektiga erishiladi.
Praymer yorug‘likni muloyimlik bilan tarqatadi, mayda notekisliklar va teshikchalarni (poralarni) vizual ravishda silliqlaydi. Eng mayda yorug‘lik qaytaruvchi zarralar vaznsiz blur-effektini yaratadi, charchoq alomatlarini bir zumda yo‘qotadi va yuzga chinni silliqligini hadya etadi.
Hymagic™-4D namlantiruvchi gialuron kompleksi terini namlik bilan to‘yintirib, uni intensiv parvarish qiladi. Vitamin E esa atrof-muhitning zararli omillaridan himoya qiladi.
Praymerdan maksimal darajada porloq teri uchun mustaqil vosita sifatida yoki ichki yorqinlik («inner glow») effektini yaratish uchun makiyaj asosi sifatida foydalaning. Shuningdek, mayinroq yorqinlikka erishish uchun ushbu asosni tonal krem bilan aralashtirib surtish ham mumkin.
Afzalliklari:
AQUA veil HYALURON COMPLEX redness eraser qizarishlarga qarshi makiyaj asosi (praymer) — yengil yashil tusga ega praymer har qanday intensivlikdagi qizarishlarni: kuperoz, akne asoratlari (postakne) va ta’sirlanishlarni neytrallaydi, teri rangini tekislaydi va ochartiradi. Osiyo tsentellasi (Centella Asiatica) ekstrakti terini tinchlantiradi va qizarishlarni kamaytiradi.
Yangi avlod modifikatori, silikon mumi va mayda upa (pudra) tolasining noyob kombinatsiyasi teriga yaqqol blyur (blur) effektini beradi, teshikchalar, mayda ajinlar va notekisliklarni to‘ldiradi hamda keyinchalik tonal krem surtish uchun silliq yuza yaratadi.
Hymagic™-4D gialuron kompleksi gialuron kislotasining to‘rt turidan intellektual 3D-tarmoq hosil qilib, terining har bir qatlamini namlik bilan to‘yintiradi.
Natija: 24 soat davomida chuqur namlanish, terining tarangligi va "to‘yingan" teri effekti.
Vaznsiz flyuid tekstura oson surtiladi. Makiyajni og‘irlashtirmaydi va uning chidamliligini sezilarli darajada oshiradi. Har qanday teri turiga mukammal darajada mos keladi.
Afzalliklari:

