• qaymoqsimon; silliq; chidamli
• barcha turdagi terilar uchun
PRIME EXPERT Pore filler (Kulrang) — teshiklarni berkituvchi shaffof makiyaj asosi. "Yumshoq fokus" effekti bilan teshiklarni (poralarni) to‘ldiradi va berkitadi, mimik ajinlarni yashiradi hamda boshqa notekisliklarni silliqlab, teri relyefini mukammal darajaga keltiradi. Eriluvchan gel teksturasi osongina surtiladi va terida tezda o‘rnashadi. Terida dumaloqchalar hosil qilmaydi, yopishqoqlik hissini qoldirmaydi va yuzda sezilmaydi. Asos yuz terisini dekorativ kosmetika surtishga samarali tayyorlaydi: mukammal silliq qoplama yaratib, tonal krem yoki upaning yanada oson va bir tekis taqsimlanishiga yordam beradi hamda ularning oksidlanishini oldini oladi. Makiyajning chidamliligini sezilarli darajada oshiradi, kun davomida uning yangi ko‘rinishini saqlab qoladi. Tonal vositalarning to‘planib qolishi yoki teshiklar va ajinlarga kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tarkibida silikonlar yo‘q, nekomedogen (teshiklarni tiqib qo‘ymaydi). Har kuni foydalanish va barcha turdagi terilar uchun mos keladi.
PRIME EXPERT Matt & sebum control (To‘q sariq) — makiyaj uchun matlashtiruvchi asos. Kombinatsiyalangan va yog‘lanishga moyil terini tonal vositalar surtishga mukammal tayyorlaydi. Terini begubor darajada mat, silliq va mayin qiladi. Tarkibidagi maxsus komponentlar majmuasi ortiqcha teri yog‘ini shimib oladi, yog‘li yaltirashni yo‘qotadi va kun davomida sebum ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Shu bilan birga, vosita terini quritmaydi, tortishish hissini yaratmaydi va teri teksturasini bo‘rttirib ko‘rsatmaydi. Yuqori sifatli och jigarrang-shaftoli rangli pigmentlar tufayli, asos yuzning xira rangini korreksiya qiladi, teri ohangini tekislaydi, charchoq belgilarini yashiradi va yuzga yangi hamda sog‘lom ko‘rinish beradi. Teri relyefini samarali tekislaydi, kengaygan teshiklar va mayda ajinlarni silliqlaydi. Tonal krem yoki upaning oson va bir tekis surtilishini ta’minlaydi.
PRIME EXPERT Anti red (Yashil) — qizarishlarni yashiruvchi makiyaj asosi. Praimer va korrektor funksiyalarini o‘zida mujassam etgan. Tarkibidagi yashil pigmentlar yuzdagi yallig‘lanish va qizarishlarni (kengaygan tomirlar, akne va postakne) vizual ravishda neytrallaydi va berkitadi, teri ohangini tekislaydi. Yuqori samarali polimerlar tufayli asos teshiklar (poralar), mayda ajinlar va boshqa notekisliklarni mukammal darajada silliqlaydi. Terini begubor matlashtiradi, sebum ishlab chiqarilishini nazorat qiladi va kun davomida yog‘li yaltirash paydo bo‘lishining oldini oladi. Surtilgandan so‘ng tezda o‘rnashadi, yopishqoqlik yoki yog‘li plyonka hissini qoldirmaydi, terini quritmaydi va tortishish hissini yaratmaydi. Tonal krem yoki upaning yanada oson va bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi va ularning chidamliligini sezilarli darajada oshiradi. Patentlangan TALADVANCE komponenti — osiyo sentellasi ekstrakti — yuz rangini tekislashga yordam beradi, tabiiy sog‘lom jilo beradi va terining namlik muvozanatini saqlaydi.
PRIME EXPERT Glow skin (Pushti) — jilo beruvchi makiyaj asosi. Ushbu makiyaj asosi teri ohangini tekislaydi. Charchoq izlarini o‘chiradi, teshiklar va mayda ajinlarni yashiradi. Praimer va makiyaj bazasi yoshga doir o‘zgarishlar mavjud bo‘lgan teri kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmaydi. Matlashtiruvchi baza tarkibidagi glitserin terini namlantiradi, E vitamini esa uning tarangligi va elastikligini oshiradi. Tonal asos yuzni tonal vositalarni surtishga a’lo darajada tayyorlaydi va makiyajning chidamliligini oshiradi.
Qo‘llash usuli: Butun yuzga praimer sifatida yoki yoritish (podsvetka) kerak bo‘lgan alohida qismlarga surtiladi. Asos tonal krem bilan osongina aralashadi. Ushbu mahsulotlar Belorus brendiga mansub bo‘lib, uning parvarish va dekorativ kosmetika vositalari har doim sifat kafolati va ko‘plab xaridorlarning tanlovidir.

