
• Universal, ham rangli, ham oq kiyimlar uchun mos keladi
• Mato tolalari tuzilishini va kiyimlarning tashqi koʻrinishini saqlaydi
• Quruq kukunga (poroshokkka) qaraganda 3 baravar tejamkor
• Toʻliq yuvilib ketadi
• Tarkibidagi optik oqartirgich matoning yorqinligini saqlaydi
• Past haroratlarda ham yuvadi
Kir yuvish geli, 3 litr — 70 ta yuvish (stirkalar) uchun
Tarkibidagi dogʻ ketkazuvchi modda tufayli hatto eng qiyin ketadigan dogʻlarni ham samarali tozalaydi.
Jun va ipakdan tashqari barcha turdagi matolarni yuvish uchun moʻljallangan.
Gelning noyob va ekologik toza formulasi inson salomatligi hamda atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda har qanday kir va dogʻlarni oson tozalash imkonini beradi.
Oddiy kir yuvish kukuniga qaraganda, gel kir yuvish mashinasi barabaniga tushishi bilan suvda tez eriydi.
Kir yuvish mashinasining tezkor yuvish (tezkor stirka) rejimida ham samarali boʻlib, noxush hidlarni keltirib chiqaradigan dogʻ va kirlarni ohista hamda toza ketkazadi. Kiyimlarga yorqinlik, pakizalik va yoqimli ifor bagʻishlaydi.
Kir yuvish geli matodan toʻliq yuvilib ketadi, mato tolalariga zarar yetkazmaydi hamda tarkibidagi optik oqartirgich tufayli matoning yorqinligi va rangini saqlab qoladi.
Tarkibida zararli moddalar va fosfatlar boʻlmaganligi sababli, ushbu mahsulot allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi.
Ishlatishdan oldin chayqash tavsiya etiladi.

