PANTON With Hope — printli oq oversize futbolka.
Print: With Hope yozuvi va rangli bo‘yoq izlari.
Erkaklar va ayollar uchun uniseks model. Keng bichim, kalta yeng va yumaloq yoqa kundalik obrazlar uchun mos. Jinsi shim, jogger, oddiy shim yoki shorti bilan kiyish mumkin.
Tarkibi: 100% paxta. Mato: kulirka trikotaji. Zichligi: 160–180 g/m². Ishlab chiqarilgan mamlakat: O‘zbekiston.
Komplektda: 1 dona futbolka.
Buyurtma berishdan oldin tanlangan o‘lchamni tekshiring va mahsulot o‘lchovlarini o‘zingizga mos futbolka bilan solishtiring.
Parvarish: 30°C gacha nozik rejimda yuving, oqartirmang, soyada quriting. Print ustidan bevosita dazmollamang.

