Polar-drap (650 g/m²) — bu flisning yumshoqligi va klassik drapning mustahkamligini o'zida mujassam etgan zich, hajmga ega va juda issiq materialdir. Mato ushlashga yoqimli, issiqlikni ajoyib saqlaydi va tayyor buyumlarda shaklini yoqotmaydi.
Ushbu matodan nimalar tikish mumkin:
- Ustki kiyimlar: palto-ko'ylaklar, oversayz paltolar, issiq jaketlar, kurtka-bomberlar, kardiganlar.
- Yoping'ich va erkin bichimdagi kiyimlar: poncho, keyplar, hajmli nimchalar, sharf-pledlar.
- Uy uchun shinam buyumlar: issiq yopinchiqlar, pledlar, dekorativ g'iloflar.
Asosiy afzalliklari:
- Yuqori zichlik (650 g/m²): sovuq va shamoldan ishonchli ximoya qiladi.
- Tikishda qulaylik: bichishda mato sirpanmaydi, oddiy tikuv mashinasida ham oson tikiladi, chetlari titilib ketmaydi.
- Amaliylik: 100% poliester tarkibi uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi, mato kirishmaydi, tez quriydi va yuvilgandan keyin dastlabki ko'rinishini saqlab qoladi.
- Qulaylik: yumshoq strukturasi tanaga yoqimli va batga botmaydi.