Normal, quruq, sezgir va allergiyaga moyil teri uchun COLLAGEN MOISTURIZING PAESE namlantiruvchi tonal kremi.
Aloe vera ekstrakti, kollagen va D-pantenol kabi faol moddalar bilan boyitilgan krem formulasi terini silliqlaydi, oziqlantiradi va qichishish hamda qizarishlarni tinchlantiradi.
Faol komponentlar:
Aloe vera – terini tinchlantiradi va namlantiradi, uni zararli tashqi omillardan himoya qiladi.
D-pantenol – tinchlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlags ega.
Kollagen – terini intensiv namlantiradi va zararli tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Kollagen tarkibi tufayli terining namlanishi 50% gacha yaxshilanadi.
A, C va E vitaminlar majmuasi – terini yetarli darajada parvarish qilishni va ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilishni ta’minlaydi.
Tarkibida alkogol (spirt) mavjud emas.
Kollagenli namlantiruvchi asos teri rangi o‘zgarishi va qizarishlarni tabiiy ravishda yashiradi.
Satinli ffinish teriga namlangan, parvarish qilingan, tarovatli va porloq ko‘rinish beradi.
Hajmi - 30 ml

