Nataniel Brandenning ushbu kitobi ko‘p yillik klinik amaliyot va tadqiqotlar samarasi bo‘lib, u allaqachon klassik asarga aylangan va o‘zini o‘zi baholash (o‘ziga bo‘lgan baho) mavzusidagi eng muhim ish hisoblanadi.
Bu kitob shaxsiy yoki kasbiy nuqtai nazardan sog‘lom o‘zini o‘zi baholashga qiziqqan har bir inson uchun muhim manbadir. Asarda insonning o‘ziga bo‘lgan qarashi nima uchun psixologik salomatlik, muvaffaqiyat, baxt va sog‘lom munosabatlarning poydevori ekanligi ko‘rsatib berilgan. Unda bir qator savollarga javob topish mumkin: o‘zini o‘zi baholash nima? U nima uchun muhim? Uning darajasini oshirish uchun nima qilish kerak? Boshqa odamlar unga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

