Kitob haqida:
Jon Reyti o‘z kitobida ishonchli tarzda isbotlaydi: tana uchun foydali bo‘lgan narsa miya uchun ham foydali. Yaxshi qomat hosil qilish, yog‘larni yo‘qotish va chidamlilikni oshirishga qaratilgan aerob mashqlari miyani ham rivojlantiradi, unda ijobiy jarayonlarni "yoqib yuboradi". Ular neyron tarmoqni mustahkamlaydi, aqlni rivojlantiradi, stress, depressiya va zararli odatlarni yengishga yordam beradi. Ijobiy natijaga erishish uchun esa yurak urish tezligini muntazam oshirib turish kifoya.
Kitob stress darajasini pasaytirish va xotira hamda fikrlashni yuqori darajada ushlab turishni istagan har bir kishi uchun qiziqarli bo‘ladi.

