Dam olish kunlaridan ham tezroq tugaydigan yagona narsa — bu puldir. Nima uchun?
Ma’lum bo‘lishicha, biz uni noto‘g‘ri sarflaymiz. Xarid qilayotganimizda pulimizdan ayrilayotganimiz uchun achinish va afsuslanish hissini tuyamiz. Uni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqamiz. Yashash uchun mablag‘imiz yetmay qolishidan xavotirlanamiz.
Janubiy koreyalik "boylik bo‘yicha mutaxassis" (yoki "boylik gurusi") Li So-yun har qanday inson moliyaviy farovonlikka erisha olishiga ishonchi komil. Buning uchun bir nechta oddiy qoidani o‘zlashtirish kifoya. Masalan, diqqatni pulni yo‘qotishdan ko‘ra unga egalik qilishga qaratish hamda har safar biror narsa xarid qilganda quvonch va mamnuniyat his qilishga intilish kerak.
Li So-yun shuni o‘rgatadiki, boylik "cho‘ntagingizda bor-yo‘g‘i bir dollar bo‘lsa ham, 'menda pul bor' degan fikrdan boshlanadi".

