Ingliz yozuvchisi Diana Uinn Jonsning asarlari shunchalik jonliki, ular go‘yo ekranlashtirilishni talab qilib turgandek tuyuladi. Mashhur animator Xayao Miyazaki — "Spirited Away" (G‘oyib bo‘lganlar) filmi muallifi hamda Venetsiya kinofestivalining eng oliy mukofoti — "Oltin sher" sohibi — yozuvchining Yaponiyada kassaboplik bo‘yicha rekordlar o‘rnatgan "Howl’s Moving Castle" (Xaulning yuruvchi qal’asi) nomli bestselleri asosida animatsion film yaratgan.
Qirollik sehrgari Uilyam Norlandning uyida makon va vaqt o‘ziga xos sehrli qonuniyatlar asosida amal qiladi.

