• Tasmadagi yelim qatlamning yaroqlilik muddati: -15 dan +45 gacha bo'lgan haroratda 2 yil. Yopishgish qo'llanilgandan so'ng: yelim qatlamning yaroqlilik muddati yo'q
O’zida yelimi bor yopishgichlar kundalik hayotda yengil buyumlarni mahkamlash, gilamchalar va dasturxonlarni silliq yuzalarga mustahkamlash, shuningdek kiyim ilgaklari sifatida ishlatiladi. Yopishgichlar qog'oz va fetrdan stol o'yinlarini yasash uchun juda mos keladi.
O’ram to’plami diametri 15 mm bo'lgan 72 juft o’zida yelimi bor yopishgichlarni o'z ichiga oladi. Har bir juftlik ikki qismdan - qattiq ilgaklar bilan va yumshoq tuklar bilan, bir-biri bilan ishonchli mahkamlanadigan yopishgichlardan iborat. Har bir qismi yelim yuzasiga ega bo’lib, u silliq yuzalar bilan mustahkam yopishish xususiyatiga ega.
O’zida yelimi bor yopishgich silliq yuzaga ega bo'lgan qog'oz, yog'och, teri, plastmassa mahsulotlariga biriktirish uchun juda mos keladi.
Yopishgichni mato va fetrdan tayorlangan buyumlarga yanada ishonchli yopishtirish uchun uni qo'shimcha ravishda tikib chiqish tavsiya etiladi
Yopishgichni yopishtirish uchun himoya qatlamini olib tashlash va kerakli joyga qo'yish kerak. Yopishgich qismlarini kerakli yuzalarga ozgina bosish kifoya qiladi va uni darhol ishlatish mumkin bo’ladi.
Yopishqoq tasma bilan taqqoslaganda, kichik buyumlarni birlashtirish uchun yopishgichlar to'plamidan foydalanish qulayroq, chunki yopishgichlar mukammal yumaloq shaklga ega va yopishqoq tasmaga qaraganda buyumlarda chiroyli ko'rinadi.
DIQQAT!!! Yopishgichlar og'ir buyumlarni, masalan: rasmlar, javon va x.k. larni ushlab turish va mahkamlash uchun mo'ljallanmagan

