O‘zbek xalq ertaklari kitoblari to‘plami – bolalar uchun qiziqarli, mazmunli va tarbiyaviy ertaklar jamlanmasi. Ushbu to‘plamdan Zumrad va Qimmat, Ur To‘qmoq, Ali Bobo va 40 qaroqchi, Oltin Tarvuz kabi mashhur ertaklar o‘rin olgan. Har bir ertak bolalarga yaxshilik, halollik, mehnatsevarlik, do‘stlik va adolat kabi ezgu fazilatlarni o‘rgatadi.
Kitoblar sodda va ravon tilda yozilgan bo‘lib, bolalar mustaqil o‘qishi yoki ota-onalar bilan birga mutolaa qilishi uchun juda qulay. Qiziqarli voqealar va sevimli qahramonlar bolajonlarning tasavvurini kengaytiradi, nutqini rivojlantiradi va kitobga mehr uyg‘otadi.
Zumrad va Qimmat – bolalar uchun sevimli o‘zbek xalq ertagi. Yaxshilik va yomonlik, mehnatsevarlik va dangasalik o‘rtasidagi farq qiziqarli voqealar orqali yoritiladi. Farzandlarga odob, sabr va halollikni o‘rgatadi.
Ur To‘qmoq – kulgili va sarguzashtlarga boy ertak. Aql-zakovat, topqirlik va adolat g‘oyalari mujassam. Bolalar uchun qiziqarli syujetga ega bo‘lib, mutolaa qilishga qiziqishni oshiradi.
Ali Bobo va 40 qaroqchi – dunyoga mashhur sarguzasht ertagi. Sirli g‘or, xazinalar va qiziqarli voqealar bolalarni ertak olamiga olib kiradi. Jasorat, zukkolik va ehtiyotkorlikka o‘rgatadi.
Oltin Tarvuz – quvnoq va mazmunli xalq ertagi. Mehnat, omad va aqllilik haqida hikoya qiladi. Bolalarda tasavvur va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

