Ertaklar hayot haqiqatini obrazli va hayotiy tasvirlaydigan o‘ziga xos janrdir. O‘zbek xalq ertaklari ham kishilarning orzu-umidlari, kundalik voqelik bilan uyg‘un holda yaratilgan. Bu jihatdan kattalarga ham, bolalarga ham birday yoqimli va qiziqarli. Ertaklarning ana shunday abadiy xususiyatlarini nazarda tutib, biz o‘zbek xalq ertaklarini uzluksiz to‘plam holida e’tiboringizga havola etmoqchimiz. U kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh kitobxonlarimizni folklor bilan yaqindan tanishtiradi, qolaversa, ularning nutqini boyitishga, silliqlashga, tafakkurini chiniqtirishga xizmat qiladi.

