Montessori bolalar o‘yinchoqlari bolaning mustaqil fikrlashi, mayda motorikasi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy materiallardan tayyorlangan bu o‘yinchoqlar bola diqqatini jamlash, ranglar va shakllarni farqlash hamda kundalik ko‘nikmalarni o‘rganishga xizmat qiladi.
O‘yin jarayonida bola o‘z qobiliyatlarini mustaqil ravishda ochib boradi, o‘rganish esa qiziqarli va samarali bo‘ladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mos, xavfsiz va ekologik toza.

