📌 Kitob nomi: Ikki eshik orasi, Tushda kechga umrlar
📌 Muallif: O'tkir Hoshimov
📌 Muqova: Qattiq
📌 Qisqacha mazmun:
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitoblar O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida, o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.
Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin.
El mehrini qozongan adib, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" asarida Afgʻon urushi voqealari va urush qatnashchilarining urushdan keyingi ruhiy kechinmalari bosh qahramon Rustam obrazi orqali yorqin va taʼsirchan tasvirlangan.
Muallif urushning inson taqdiriga, ruhiyatiga va jamiyat hayotiga koʻrsatgan ogʻir taʼsirini chuqur badiiy tahlil qiladi. Asarni mutolaa qilgan kitobxon tinchlikning naqadar buyuk neʼmat ekanini yana bir bor anglaydi va qadrlaydi.
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

