O‘smirlar uchun kimono — O‘zbek Jang San’ati bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan sport formasi to‘plami. Mashg‘ulotlar, texnik harakatlarni o‘rganish va ko‘rgazmali chiqishlar uchun mos.
Oq kurtkaning yoqasi va pastki cheti ko‘k-yashil hoshiya bilan bezatilgan. Yengida O‘zbekiston bayrog‘i, orqa qismida esa O‘ZBEK JANG SAN’ATI yozuvi va bezakli emblema joylashgan.
Erkin bichimi turli turish holatlari, tashlanishlar va boshqa harakatlarni qulay bajarishga yordam beradi. Oq belbog‘ kurtkani mahkamlab turadi. Pochalari rezinkali qora shim to‘plamni to‘ldiradi.
To‘plam tarkibi:
• Kurtka — 1 dona.
• Shim — 1 dona.
• Belbog‘ — 1 dona.
Model 3-16 yoshli o‘smirlar uchun taqdim etilgan. O‘lchamni bo‘y va kiyimning aniq o‘lchovlariga qarab tanlash tavsiya etiladi.

