Kitob haqida
Yosh va kelishgan Dorian Grey Londonga keladi va tuban ehtiroslar va jinoyatlar girdobiga tushadi. Mashhur rassom Dorian Greyning portretini chizadi va yigit o‘z suratiga qattiq mahliyo bo‘lib qoladi - axir u yoshlik go‘zalligini abadiy saqlab qoladi-ku! Biroq voqealar boshqacha tus oladi: Dorianning yosh chehrasida buzuq ehtiroslar hech qanday iz qoldirmaydi, ammo portret xo‘jayinining har bir yangi jinoyati bilan dahshatli darajada o‘zgarib boradi - axir portretda aks etgan Dorian Greyning ruhi borgan sari buzuq va baxil bo‘lib bormoqda...

