Taomga oz-ozdan moy qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, purkagich kerakli miqdorni nazorat qilishga yordam beradi. Moy mayda tomchilar ko‘rinishida tarqaladi, shuning uchun uni mahsulot yuzasiga yupqa qatlamda sepish qulay. Bu usul duxovka listiga terilgan sabzavotlarga yoki grilga tayyorlangan go‘sht bo‘laklariga moy surtishda qo‘l keladi. Purkagichga sirka quyib, tayyor salatga ta’bga qarab sepish ham mumkin.

