• 40/58 sm kenglik – ko‘p sig‘imli, joyni tejaydi
• 4/5/6 etaj – ehtiyojga qarab variant tanlash mumkin
• Shaffof eshiklar – ichidagini tez topasiz, tartib ko‘rinib turadi
• Changdan himoya – buyumlar toza saqlanadi
• G‘ildirakli taglik – oson suriladi, tozalash qulay
58 sm kenglikdagi ushbu modul saqlash shkafi uyda tartib yaratish uchun juda qulay yechim. Shaffof eshiklari tufayli ichidagi buyumlar darrov ko‘rinadi — o‘yinchoqlar, bolalar kiyimlari, pampers, sochiq, kosmetika, idish-tovoq yoki turli mayda jihozlarni joylab qo‘yish oson. Shkaf ko‘p qavatli (4/5/6 etaj) variantlarda bo‘lgani uchun xonangiz hajmiga mosini tanlaysiz: bolalar xonasi, yotoqxona, koridor, hammom yoki oshxonada ham juda chiroyli turadi.
Eshiklar changdan himoya qiladi, tartib esa uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ochildi-yopildi mexanizmi qulay, tutqichlari ushlashga oson. Pastidagi g‘ildiraklar shkafni joyidan ko‘chirishni yengillashtiradi — tozalash paytida yoki xona tartibini o‘zgartirganda ko‘p kuch ketmaydi. Yengil, ammo mustahkam konstruktsiya kundalik foydalanishga mos, modul ko‘rinishi esa yig‘ishni tezlashtiradi.
Bu shkaf ayniqsa bolali oilalar uchun foydali: o‘yinchoqlar “sochilib yotmaydi”, har bir qavatni alohida toifaga ajratib qo‘yish mumkin (masalan: 1-qavat — konstrukturlar, 2-qavat — yumshoq o‘yinchoqlar, 3-qavat — kitoblar va h.k.). Minimalist dizayni interyerga mos tushadi, xonani yanada ozoda va shinam ko‘rsatadi. Xitoyda ishlab chiqarilgan.





