Oshxonangizda mukammal tartib o‘rnatishni xohlaysizmi? Zamonaviy va sig‘imli oshxona uchun devorga osiladigan tokcha — ziravorlar, idishlar, yog‘lar va turli xil oshxona buyumlari uchun eng yaxshi organayzer.
3 qavatli konstruksiyasi tufayli bu tokcha devor bo‘shlig‘idan unumli foydalanishga va stol ustini bo‘shatishga yordam beradi. Mahsulot namlikka chidamli qoplamali mustahkam uglerodli po‘latdan yasalgan, bu esa uning uzoq xizmat qilishini ta'minlaydi.
Asosiy afzalliklari:
* Burg'ulashsiz o'rnatish — devorga yoki kafelga zarar yetkazmasdan oson o'rnatiladi.
* Ko'p darajali saqlash — ziravorlar solingan idishlar, yog‘ va sous shishalari uchun 3 ta qavat.
* Qulay ilmoqlar (kruchkalar) — oshxona anjomlari va sochiqlar uchun 4 ta mustahkam ilmoq mavjud.
* Olinadigan idish — qoshiq, cho‘p va mayda buyumlar uchun alohida quti.
* Ventilyatsiyali tubi — namlikni chiqarib yuboruvchi teshiklar mahsulotlarni quruq saqlashga yordam beradi.
* Og'ir vaznga bardosh beradi — qalinlashgan po‘lat deformatsiyaga chidamli.
Minimalistik dizayni oshxonangiz ko‘rkamligiga ko‘rkamlik qo‘shadi. Oshxonangizda qulaylik va tartib yarating!

