Ko‘p funksiyali zanglamaydigan po‘latdan yasalgan oshxona to‘plami (28 sm) — har bir xonadon va bekajonlar uchun pishir-kuydir jarayonini yengillashtiruvchi universal yordamchi!
Ushbu 3 qismdan iborat to‘plam sabzavot va mevalarni qirish, ularni toza yuvish hamda suvini osongina suzib olish imkoniyatini beradi. Barcha qismlar bir-biriga mukammal tushadi va joyni tejaydi.
Asosiy afzalliklari va qulayliklari:
- 3 ta amaliy qism: Turli pichoqli qirg‘ich yuzasi (qopqoq), teshikli suzgich (durshlag) hamda chuqur metall idishdan (tos) iborat.
- Sifatli va xavfsiz material: Yuqori sifatli zanglamaydigan po‘latdan (nerjaveyka) tayyorlangan bo‘lib, hid va rang olmaydi, uzoq muddat davomida zanglamay xizmat qiladi.
- Yuvish va suzish uchun qulay: Teshikli durshlag qismi orqali meva, sabzavot, ko'kat va makaron mahsulotlarini suv ostida tez va toza yuvib olish mumkin.
- Vaqt va joyni tejash: Sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri idish ichiga qirish va zudlik bilan yuvish mumkin, bu esa oshxonada ortiqcha idishlarni ishlatishning oldini oladi.