Tovar tavsifi
Oshxonangiz va uyingiz uchun go‘zallik hamda qulaylik!
Ushbu nafis gulli mikrofibra sochiqlar nafaqat o'zining yorqin dizayni, balki yuqori funksionalligi bilan ham uyingizning ajralmas qismiga aylanadi. Yumshoq matosi va jozibali gulli naqshlari bilan oshxonangiz interyeriga shinamlik bag‘ishlaydi. Maxsus stikeri (yorlig'i) tufayli uni istalgan joyga osib qo'yish juda qulay!
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
- Yuqori sifatli mikrofibra: Suvni o‘ziga juda tez va mukammal darajada shimib oladi (gugubday tortadi).
- Iz qoldirmaydi: Idishlarni, stol ustini yoki oynalarni artganda o‘zidan tuk, ip yoki chiziqlar qoldirmaydi.
- Qulay stikerli yorliq: Sochiqni ilgakka oson va tez osish uchun maxsus qulaylikka ega.
- Ko'p funksiyali: Ham oshxona, ham qo‘l-yuz sochiq sifatida yoki uydagi changlarni tozalash (latta) uchun ham ideal tanlov.
- Chidamlilik: Ko‘p marta yuvilganda ham rangi o‘chmaydi, shaklini yo‘qotmaydi va tez quriydi.
Mahsulot xarakteristikasi:
- O‘lchami: 49x27 sm (oshxona va kundalik foydalanish uchun eng qulay o‘lcham).
- Material: Sifatli va yumshoq mikrofibra.
- Dizayn: Gulli naqshlar va rangli variantlar.
Parvarish qilish bo‘yicha tavsiya: Sochiqning yumshoqligini va suv shimish xususiyatini uzoq muddat saqlab qolish uchun uni 30-40 darajadan yuqori bo'lmagan haroratda yuvish tavsiya etiladi.