Oshxona qozonlari to'plami — yopishmaydigan qoplama, shisha qopqoqli
Kundalik ovqat pishirish uchun qozonlar to'plami. Alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, ichki yuzasi yopishmaydigan qoplamali. Qopqoqlari shishadan — ochmasdan pishishini kuzatib turasiz.
Variantlar bir-biridan farq qiladi
Bu kartochkadagi variantlar faqat rang bilan emas, to'plam tarkibi va og'irligi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun lari ham har xil.
Buyurtma berishdan oldin sotuvchi chatiga yozing va tanlagan variantingizda aynan qaysi idishlar va qanday diametrlar borligini aniqlab oling. Bir daqiqalik ish — lekin noto'g'ri to'plam olishdan saqlaydi.
Xususiyatlari
- Material: alyuminiy qotishmasi
- Ichki qoplama: yopishmaydigan
- Qopqoqlar: shisha, bug' chiqish teshigi bilan
- Tutqichlar: issiqqa chidamli
- Plita turlari: gaz, elektr va induksiya uchun mos
Yopishmaydigan qoplamani saqlab qolish — eng muhim qism
Bunday idishlarda qoplama ko'pincha noto'g'ri foydalanishdan ko'chadi. To'rt qoidaga amal qilsangiz, qoplama uzoq xizmat qiladi:
- Faqat yog'och yoki silikon qoshiq ishlating. Metall qoshiq, sanchqi va pichoq qoplamani birinchi kundanoq tirnaydi.
- Bo'sh qozonni olovda qizdirmang. Avval yog' yoki suv soling, keyin olovni yoqing. Quruq qizigan qoplama pufakchalanadi va ko'chadi.
- Olovni o'rtacha darajada ushlang. Yopishmaydigan idish kuchli olovni talab qilmaydi.
- Qo'lda yuving. Idish yuvish mashinasidagi kuchli kimyo va issiq suv qoplamani yemiradi. Metall qirg'ich va abraziv kukun ishlatmang — yumshoq gubka yetarli.
Yana bir necha maslahat
- Qizigan qozonni sovuq suvga solmang — metall deformatsiyalanadi va tag qiyshayadi.
- Idishlarni bir-birining ustiga tashlab qo'ymang; orasiga salfetka qo'ysangiz qoplama tirnalmaydi.
- Induksiya plitada o'rtacha quvvatdan boshlang.
- Yangi to'plamni birinchi ishlatishdan oldin iliq suvda yuvib, quritib oling.
Buyurtma berishdan oldin bilib qo'ying
- Bu maishiy to'plam, professional og'ir quyma idish emas. Devor qalinligi va og'irligi shunga mos.
- Yopishmaydigan qoplama sarflanadigan resurs: to'g'ri ishlatilsa uzoq turadi, metall qoshiq va abraziv bilan bir necha haftada ketadi.
- Rang partiyaga qarab biroz farq qilishi mumkin.
Yetkazib berishda
Topshirish punktida qutini oching va albatta tekshiring: idishlar soni to'g'rimi, ichki qoplamada tirnalgan yoki ko'chgan joy bormi, shisha qopqoqlar butunmi, tutqichlar mahkammi. Ishlatilgan yoki tirnalgan idish chiqsa — o'sha yerda sotuvchi chatiga yozing, 24 soat ichida hal qilamiz.