Uch qavatli idish quritgich oshxonada idishlarni tartibli joylashtirishga yordam beradi. Yuqori qavatga piyolalarni, o‘rta qavatga likopchalarni, pastki qavatga esa boshqa idishlarni qo‘yish mumkin. Yon bo‘limi qoshiq, vilka va boshqa oshxona anjomlari uchun mo‘ljallangan. Qora metall karkasi va sodda dizayni zamonaviy oshxona jihozlariga mos tushadi. Quritgichni rakovina yoniga qulay joylashtirish mumkin.

