Oshxonangizni tartibli, chiroyli va qulay qilish uchun oshxona jihozlari va oshxona anjomlari to‘plami. Ushbu to‘plam kundalik ovqat tayyorlash jarayonida kerak bo‘ladigan asosiy oshxona buyumlarini bir joyda saqlash imkonini beradi. Zamonaviy dizayni oshxona interyeriga chiroyli mos tushadi.
🔪 Oshxona pichoqlari — sabzavot, meva, go‘sht, non va boshqa mahsulotlarni kesish uchun qulay. To‘plamdagi pichoq va boshqa oshxona anjomlari kundalik foydalanish uchun mos.
🥄 Qoshiq va silikon qoshiq — ovqatlarni aralashtirish, tayyorlash va taom tortishda foydalanish mumkin. Silikon qoshiq idishlarning yuzasini ehtiyot qilishga yordam beradi.
🍲 Cho‘mich — sho‘rva, qayla, sous va boshqa suyuq taomlarni qulay olish uchun mo‘ljallangan. Chomich oshxonada eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biridir.
🍴 Sanchqi — ovqat tayyorlash va kundalik oshxona ishlarida foydalanish uchun qulay.
🖤 Oshxona aksessuarlari va barcha anjomlarni maxsus stendda saqlash mumkin. Bu oshxona stolining tartibli ko‘rinishiga yordam beradi va kerakli buyumni tez topish imkonini beradi.
Ushbu oshxona anjomlari to‘plami uy bekalari, yangi turmush qurganlar, talabalar, yangi uy jihozlayotganlar va oshxonada tartibni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qulay. Oshxona jihozlarini alohida-alohida xarid qilish o‘rniga, kerakli buyumlarni bitta to‘plamda saqlash mumkin.

