Muammo ko‘pincha noto‘g‘ri tuproqdan boshlanadi. Oddiy tuproq orxideya uchun mos emas. To‘g‘ri tanlangan substrat esa o‘simlikning sog‘lom o‘sishi va uzoq muddat gullashining asosiy omilidir.
🌿 "Fiona" Orxideya substrati — barcha turdagi orxideyalar uchun maxsus tayyorlangan, foydalanishga tayyor premium tuproq aralashmasi. U ildizlarni kislorod bilan ta'minlaydi, namlikni me'yorida ushlab turadi va sog‘lom rivojlanish uchun ideal muhit yaratadi.
✔ Ildizlarning sog‘lom va kuchli rivojlanishiga yordam beradi.
✔ Ortiqcha namlik to‘planishini oldini oladi.
✔ Ildiz chirishi xavfini kamaytiradi.
✔ Havoni yaxshi o‘tkazadi.
✔ O‘simlikning tez moslashishiga yordam beradi.
✔ Gullashni rag‘batlantiradi va gullash muddatini uzaytiradi.
✔ Foydalanishga tayyor — qo‘shimcha aralashtirish talab qilinmaydi.
🌱 Sog‘lom ildiz — chiroyli gullashning garovi! To‘g‘ri substrat tufayli orxideyangiz tezroq o‘sadi, yangi barg va ildiz chiqaradi hamda uzoq vaqt davomida sergul bo‘lib turadi.

