Oshxona tortmangizda tartib bo'lishini xohlaysizmi? Bu razdvijnoy organayzer yon bo'limlarini kengaytirish imkonini beradi — kengligi 33,5 smdan 56,5 smgacha sozlanadi, shuning uchun u deyarli har qanday standart yoki chuqur tortmaga to'liq o'tiradi. Ochib-yopishda siljimaydi, ichida barqaror turadi.
Markaziy bo'limlar qoshiq, vilka va pichoqlar uchun mo'ljallangan, yon bo'limlar esa oshxona aksessuarlari va kichik jihozlar uchun qulay. 6 dan 8 tagacha bo'lim har bir buyumga o'z joyi ajratadi — hamma narsa aralashmaydi.
Organayzer mustahkam plastikdan yasalgan: namlik, harorat o'zgarishlari va mexanik ta'sirlarga chidamli. Silliq yuzasi hidlarni shimib olmaydi, vaqt o'tib sariqlanmaydi va faqat nam lattacha bilan tozalanadi. Xavfsiz va gigienik — idish-tovoq bilan bevosita aloqa uchun ham muammosiz.

