Oral Care — tish oralig‘i gigiyenasi uchun qulay yechim!
Oral Care interdental cho‘tkalari oddiy tish cho‘tkasi bilan tozalash qiyin bo‘lgan tishlar orasidagi joylarni qo‘shimcha tozalash uchun mo‘ljallangan.
Qulay plastik tutqichi yordamida tish oralig‘ini ehtiyotkorlik bilan tozalash mumkin. Kundalik og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini to‘ldirish uchun mos.
Afzalliklari:
- Tishlar orasidagi joylarni tozalashga yordam beradi.
- Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini to‘ldiradi.
- Qulay plastik tutqichga ega.
- Ixcham va foydalanish uchun qulay.
- To‘plamda 20 dona cho‘tka mavjud.
- Turli o‘lchamlarda taqdim etiladi.
Mavjud o‘lchamlar:
- S — 0,6 mm
- S+ — 0,7 mm
- M — 0,8 mm
- L — 1,0 mm
- XL — 1,2 mm
Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma:
- 1 - O‘zingizga mos o‘lchamdagi cho‘tkani tanlang.
- 2 - Cho‘tkani tishlar orasiga ehtiyotkorlik bilan kiriting.
- 3 - Uni oldinga va orqaga yengil harakatlantirib tozalang.
- 4 - Cho‘tka erkin kirmasa, uni kuch bilan tiqmang.
- 7 - Foydalanishdan so‘ng suv bilan chaying.
- 6 - Cho‘tka egilsa yoki shikastlansa, yangisiga almashtiring.
To‘plam tarkibi:
Oral Care interdental cho‘tkalari — 20 dona, ixcham plastik qadoqda.