“Учимся читать” — bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan 4 qismli o‘quv seriyasi bo‘lib, 1-sinfdan 4-sinfgacha o‘qish ko‘nikmalarini izchil rivojlantirishga xizmat qiladi. Har bir kitob umumta’lim maktablari dasturiga mos tarzda tuzilgan.
Seriya davomida o‘quvchi harflarni mustahkamlash, bo‘g‘inlab va ravon o‘qish, matn mazmunini tushunish hamda nutqni rivojlantirish ko‘nikmalarini egallaydi.
💡 Nima uchun aynan ushbu seriya?
✔ 1–4-sinflar uchun sinflar bo‘yicha moslashtirilgan
✔ O‘qish texnikasi va tushunishni rivojlantiradi
✔ Bosqichma-bosqich murakkablashib boruvchi material
✔ Rangli illyustratsiyalar bilan tushunishni osonlashtiradi
✔ Maktab va uy sharoitida foydalanish uchun qulay
Ushbu o‘quv seriya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini oshirish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishini mustahkamlash uchun samarali qo‘llanmadir.

