Bu ipakday yumshoq teksturaga ega yengil ton beruvchi krem bo‘lib, teriga oson surtiladi va tezda shimiladi. Niacinamide tarkibi tufayli krem terini chuqur namlaydi, oziqlantiradi va hujayralarda namlikni ushlab turadi, terini yumshoq, silliq va parvarishlangan qiladi.
Asosiy afzalliklari:
Teri rangini tekislaydi va ton beradi, qoraygan dog‘lar va pigmentatsiya ko‘rinishini yashiradi, terini namlaydi va quruqlikdan himoya qiladi.
Yengil tekstura tez shimiladi, yopishqoq iz qoldirmaydi.
Makiyaj ostida baza sifatida yoki ton vositasi o‘rnida ishlatish mumkin.
Krem toksik emas, ammo shaxsiy xavfsizlik uchun sizda unga allergiya yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Ishlab chiqaruvchi kremni 3 yoshdan boshlab ishlatish mumkinligini bildiradi, lekin shaxsiy xotirjamlik uchun bolalarga surtishni tavsiya etmaymiz. Homiladorlik davrida ham ishlatish mumkin, ammo ehtiyot bo‘ling va ayniqsa birinchi marta qo‘llaganda terining reaksiyasini kuzating.
QO‘LLASH USULI
(Qo‘llashdan oldin terini namlashni tavsiya qilamiz, shunda quruq mayda qipiqlar ko‘rinmaydi va krem teriga tekis hamda sezilmas tarzda yotadi)
1. Teringizni tozalang.
2. Kremdan ozgina miqdorda oling.
3. Yengil massaj harakatlari bilan teriga to‘liq shimilguncha surting.
4. Zaruratga qarab foydalaning.
Eng yaxshi natija uchun muntazam teri parvarishi va quyoshdan himoya vositalari bilan birgalikda qo‘llang.
Brend – JAY’SKIN
Og‘irligi – 80 g

