ExPigment 4% pigmentatsiyani tuzatuvchi krem
Pigmentatsiyaning turli turlariga qarshi samarali vosita bo‘lib, u to‘q rangli dog‘larni ochartirishga va teri rangini bir tekis qilishga yordam beradi.
Quyidagi holatlar uchun mos keladi:
🔹 Quyosh ta’sirida paydo bo‘lgan pigment dog‘lari
🔹 Akne (husnbuzar)dan keyingi izlar
🔹 Sеpgillar
🔹 Yoshga bog‘liq dog‘lar
Kremning ta’sir mexanizmi:
✅ 4% gidroxinon — asosiy faol modda
Klinik jihatdan tasdiqlangan oqartiruvchi vosita bo‘lib, melanin sintezini kamaytiradi, to‘q dog‘larni ochartiradi va ularning qayta paydo bo‘lishining oldini oladi.
✅ Yengil va yumshoq tekstura
Krem tez so‘riladi, yog‘li qoldiq qoldirmaydi va teshiklarni (poralarni) yopib qo‘ymaydi.
✅ Qulay tyubik
Muammoli joylarga aniq surtish uchun qulay dozalanadi.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Teringizni tarkibida kislota va spirt bo‘lmagan yumshoq tozalovchi vosita bilan tozalang.
Kremni faqat muammoli joylarga bevosita surting.
Kuniga bir marta, afzalroq kechqurun foydalaning.
Kunduzi SPF himoya kremini qo‘llashni unutmang. Quyoshdan himoyalanmaslik oqartirish ta’sirini sekinlashtiradi.
Muhim tavsiyalar:
⚠️ 3–4 oylik foydalanishdan so‘ng tanaffus qiling.
⚠️ Kuchli ta’sir qiluvchi kislotalar yoki retinollar bilan bir vaqtda ishlatmang.
⚠️ Birinchi marta qo‘llashdan oldin terining sezgirligini tekshirib ko‘ring (test o‘tkazing).
⚠️ Faqat tashqi foydalanish uchun; shilliq qavatlarga tegishidan saqlaning.


