Oq rangli 03-model kelinlik ko‘ylagi «Baliq» fasonida tikilgan. Ko‘ylak bel va son qismida qomatga mos tushadi, tizza atrofidan esa kengayib, uzun shleyfga ulanadi. To‘r matodagi gulli naqshlar etak va shleyfda ham davom etadi.
Ko‘ylak yengsiz. Old qismida V shaklidagi o‘yiq, orqa qismida esa gulli naqshlar bilan bezatilgan shaffof to‘r va bir qator bezak tugmachalari bor. Model nikoh marosimi, to‘y tantanasi va kelinlik fotosessiyasi uchun mos.

