• Rang: oq miramir (yengil yaltirash effektli)
• Material: yengil, nafas oladigan miramir mato
• Qo‘llanish: kundalik, bayram, namoz
Oq miramir rangdagi tayyor sharf ro‘mol nafislik va qulaylikni birlashtirgan zamonaviy aksessuar. Yengil yaltirab turadigan miramir matosi ro‘molga alohida joziba beradi. Bir qarashda oddiy, lekin taqqaningizda juda chiroyli va didli ko‘rinadi.
Bu tayyor ro‘mol kiyib oldim tayyor uslubida bo‘lib, ortiqcha o‘rash yoki vaqt sarflashni talab qilmaydi. Ayniqsa kundalik hayotda shoshilinch paytlarda juda qulay. Boshga chiroyli tushadi, shaklini yaxshi ushlab turadi va kun davomida sirg‘alib ketmaydi.
Matosi yumshoq, yengil va nafas oladigan bo‘lib, teriga yoqimli. Yozda issiq qilib yubormaydi, qishda esa yengil iliqlik beradi. Uzoq vaqt taqib yursangiz ham bezovta qilmaydi. Oq miramir rang juda nafis va universal rang bo‘lib, bayram, to‘y, mehmondorchilik va kundalik kiyimlar bilan ham juda mos tushadi. Ayniqsa chiroyli ko‘rinish istaganlar uchun zo‘r variant.
Namoz uchun ham mos: boshni to‘liq yopadi va qulaylik beradi. Ichki ro‘mol bilan yoki alohida ham foydalanish mumkin. Har qanday uslubdagi kiyim bilan oson kombinatsiya qilinadi. Yuvishga oson, tez quriydi, rangini yo‘qotmaydi va uzoq vaqt xizmat qiladi. Agar siz chiroyli, zamonaviy va qulay ro‘mol izlayotgan bo‘lsangiz aynan shu model siz uchun ideal tanlov.

