"Oq kema", "Jamila", "Erta qaytgan turnalar", "Sohil bo'ylab chopayotgan olapar"
"Oq kema" - Chinakam o'quvchi kitobni qo'liga olgach, o'zini kashf etad o'zidagi yashirin iste'dodni - hamdardlik, odamiylik iste'dodin yuzaga chiqaradi. Agar ba'zi-ba'zida shu hol yuz beradigan bo'lsa demak, kitob o'z ishini bajaribdi - boshqalarning fikri, tuyg'usi orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u oʻquvchilarning intilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi - xalq, hayot va dunyom yaxshi tomonga siljita biladi.
“Erta qaytgan turnalar”-Urush yillari fonida bolalik taqdirini aks ettiruvchi ta’sirli hikoya. Asarda urush bolalarning hayotini qanday ostin-ustun qilishi, ularning orzularini yarim yo‘lda so‘ndirishi achchiq realizmda tasvirlanadi. Turnalar esa — yo‘qotilgan bolalik, armon va kelajak umidining ramzi sifatida talqin etiladi.
“Jamila”-Dunyoga mashhur sevgi qissasi. Asarda Jamila ismli ayolning oddiy dehqon yigitga bo‘lgan samimiy va pok muhabbati tasvirlanadi. Jamiyatning e’tirozlariga qaramay, u o‘z muhabbatini himoya qiladi. Qissa insoniy jasorat, sof his-tuyg‘ular va erkinlikka intilish haqida hikoya qiladi.
Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuyg'ularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob san'at asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan 10 ta adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun yo erta o'qiladigan asarlar emas ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda o'qishsa ham, xuddi o'sha vaqtning o'zida bitilgandek o'qiladi. Yozuvchining bir gapi bor <

