Onore de Balzakning "Beatrisa" romani shunchaki sevgi qissasi emas, balki Dantening "Ilohiy komediya"siga parodiya bo‘lib, muallif o‘tkir kinoya bilan o‘z davri jamiyatini ochib beradi. Balzak Dante asarlaridagi buyuk Beatrisa obrazini butunlay ostin-ustun qilib yubordi: endilikda Beatrisa ilohiy ilhom manbai bo‘lmay, zodagonlar davrasida kulgi va masxara nishoniga aylandi.
Balzak Beatrisa obrazi orqali jamiyatning ikkiyuzlamachiligini, samimiyatdan yiroq, manfaatparastlik va shuhratparastlikka berilgan aristokratik muhit obrazini fosh etadi. Beatrisa fojiali shaxs emas, balki ijtimoiy o‘yinlarning bir qismidir.
492-bet
Qattiq muqova
Onore de Balzakning "Sag‘ri teri tilsimi" asari — inson orzu-istaklari va taqdir masalalarini chuqur falsafiy ruhda yoritgan roman..
Roman markazida turgan sirli teri — egasining har bir xohishini bajaruvchi, ammo evaziga uning umrini so‘rib oluvchi tilsimdir.
Muallif ushbu g‘oya orqali har birimizni chuqurroq o‘ylashga chorlaydi: biz erishayotgan narsalarimiz evaziga nimalarni qurbon qilyapmiz?
282-bet
Qattiq muqova

