🐉 «Oniks bo‘roni» — bu «Empeyrey» dostonining uchinchi qismidir. Bu «To‘rtinchi qanot» va «Temir alanga»ning uzoq kutilgan davomi bo‘lib, ular NYT, USA Today va Amazon kabi yetakchi reytinglarni zabt etgan jahon bestsellerlaridir.
🛡 Bir yarim yil Basgiat harbiy akademiyasida o‘qiganidan so‘ng, Vayolet Sorengeyl uchun o‘qish yoki ikkilanishga vaqt yo‘q. Urush ikki frontda — tashqi va ichki dushmanlarga qarshi ketmoqda va kimga ishonish mumkinligini oldindan aytib bo‘lmaydi.
🗺 Ittifoqchilar izlab Vayolet Navarra chegaralaridan uzoqqa yo‘l oladi. Bu sayohat uning jasoratini, aqlini va omadini sinovdan o‘tkazadi. Chunki sen uchun eng aziz bo‘lgan narsalaring — ajdarlaring, oilang, uying va sevgan yoring uchun kurashayotganingda chekinishga joy yo‘q. Hattoki, sening qo‘lingda turgan sir hamma narsani barbod qilishi mumkin bo‘lsa ham.
🌩 Ular armiyaga muhtoj. Kuchga muhtoj. Sehrga muhtoj. Va faqat Vayolet topa oladigan haqiqatga muhtoj.Lekin bo‘ron yaqinlashmoqda... va uning qahrli g‘azabidan hamma ham omon qololmaydi.

