Onalar va bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu universal ryukzak qulaylik, keng sig‘im va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etadi. Ryukzak ko‘p sonli cho‘ntaklari yordamida bolalar buyumlari, kiyim-kechak, pampers, idishlar, telefon, hujjatlar va boshqa zarur narsalarni tartibli saqlash imkonini beradi.
Mustahkam materiali uzoq muddat xizmat qiladi, yengil vazni esa kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi. Yelkaga osish uchun yumshoq tasmalari elkaga bosim bermaydi. Sayr, safar, bog‘cha yoki shifoxonaga borishda juda qulay.

