Kerakli buyumlar bitta ryukzakda bo‘lsa, chaqaloq bilan sayrga tayyorlanish osonroq. Onalar uchun keng ryukzak kundalik sayrlar, poliklinikaga borish, mehmonga chiqish va oilaviy safarlarda asqоtadi.
Ona va bola buyumlari uchun joy
Asosiy bo‘limga tagliklar, nam salfetkalar, almashtirish uchun kiyim va bolaning sevimli o‘yinchog‘ini joylashtirish mumkin. Onaning shaxsiy buyumlarini ham birga olish qulay — kerakli narsalar bir joyda bo‘ladi.
Bo‘lim va cho‘ntaklar buyumlarni tartib bilan joylashtirishga, mayda narsalarni alohida saqlashga yordam beradi. Bola e’tibor talab qilgan paytda kerakli buyumni topish osonroq bo‘ladi.
Har kuni foydalanish uchun
Ryukzak kundalik yumushlarda shaxsiy buyumlaringizni olib yurish uchun ham mos keladi. O‘zingizga yoqqan rangni tanlang va har safar kerakli narsalarni birga oling.

